Germaniya o'zbekistonliklarga 1800 yevrolik ish taklif qilmoqda

O'zbekiston

Migratsiya agentligi va Germaniyaning AMAZONE ish beruvchi tashkiloti o'zbekistonliklarga quyidagi sohalarda ish o‘rinlarini taklif etmoqda.

Germaniya o'zbekistonliklarga 1800 yevrolik ish taklif qilmoqda
Yo‘nalishlar:
- payvandchi
- muhandis
- mexanik
- chilangar. Oylik: 1800 yevro (uy ijarasi va ovqatlanish o'z hisobidan)

Bo'sh ish o'rinlari: 70 ta Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- yosh chegarasi: 40 yoshgacha
- nemis tilidan kamida A2 darajadagi Gyote, Telc yoki ÖSD xalqaro sertifikat
- metal texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi va texnika yo‘nalishida kasb ta'lim diplomi yoki avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar mashinasozlik bo‘yicha bakalavr diplomi
- soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba

Ish jadvali: haftasiga 5 kun, 40 soat Imtiyozlar:
- aviabilet
- aeraportdan ish joyigacha transfer
- arzonlashtirilgan yashash joyi topishda yordam
- qishloq xo‘jalik texnikasi, gidravlika, elektron komponentlarni yig‘ishda nazariy va amaliy ko'nikma borlarga afzallik beriladi

Qo‘shimcha talablar:
- sudlanmaganlik
- jismonan sog‘lomlik

Sinov muddati: 6 oy Murojaat uchun: +998 71-202-33-55 (ichki raqam 10)

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing