Prezident bitiruvchilarni tabrikladi
O'zbekiston
Bugun O‘zbekiston maktablarida "so‘nggi qo‘ng‘iroq" yangradi. 450 mingdan ortiq bitiruvchi tabrik so‘zlarini eshitdi, ular orasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigi ham bor.
Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida bu kun katta hayotga qadam qo‘yayotgan har bir yoshning hayotidagi muhim voqea ekanini ta’kidladi. Qat’iyat va izlanish namunasi bo‘lgan oltin (11,5 ming) va kumush (2 ming) medal sohiblariga alohida minnatdorlik so‘zlari bildirildi.
Prezident bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi: mamlakatda 200 dan ortiq oliy o‘quv yurti, 600 ga yaqin texnikum, monomarkazlar, texnoparklar, madaniyat va sport muassasalari faoliyat yuritmoqda. Yangi dasturlar, platformalar va ta’lim formatlari yoshlarga IT va tadbirkorlikdan tortib san’at va ilm-fangacha bo‘lgan turli sohalarda rivojlanish imkonini beradi.
Ishonchim komil, sizlar Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lasizlar, - deya Shavkat Mirziyoyev bitiruvchilarni vaqtni qadrlashga, yangi bilimlarga intilishga, o‘z Vataniga sadoqatli bo‘lishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor