Germaniyaga Afg‘oniston fuqarolari evakuatsiya qilinmoqda
Siyosat
2025-yil 16-aprel, chorshanba kuni kechqurun Germaniyaning Leyptsig/Halle aeroportiga Germaniya hukumati tomonidan ijaraga olingan charter reysi qo‘ndi. Unda aholining zaif qatlamiga mansub deb topilgan Afg‘oniston fuqarolari bor edi. Germaniya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatga 138 kishi yetib kelgan. Samolyot Pokistonning Islomobod shahridan uchib kelgan.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ta’kidlashicha, bu fuqarolar avvalroq federal hukumat tomonidan Afg‘onistonda "Tolibon" harakati hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng ishlab chiqilgan turli dasturlar doirasida Germaniyaga kirishga huquq beruvchi ruxsatnomalarni olgan.
Ular orasida Germaniyaning Afg‘onistondagi muassasalarida ishlaganlar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilgani uchun toliblar tomonidan ta’qib ostiga tushgan afg‘on erkak va ayollar ham bor.
Samolyotda 45 nafar bola va o‘smir bo‘lgan. Umumiy hisobda 76 nafar ayol va 62 nafar erkak yetib kelgan. Ichki ishlar vazirligi har bir kishi xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Joriy yilda shu kabi bir nechta reyslar orqali Germaniyaga jami 461 nafar afg‘onistonlik keltirilgan.
Pokistonda 2600 nafardan ortiq afg‘onistonlik Germaniyaga yo‘l olishni kutmoqda. Ayni vaqtda Pokistonda Germaniyaga kirish uchun ruxsat olgan yana 2600 nafar afg‘onistonlik o‘z navbatini kutmoqda. Biroq, ularning ahvoli og‘irlashishi mumkin. Chunki Pokiston hukumati aprel boshidan boshlab afg‘on qochqinlarini majburan deportatsiya qilish bo‘yicha yangi to‘lqinni boshladi, deya xabar beradi dpa agentligi.
Shuningdek, Afg‘onistondan yangi qochqinlarni qabul qilish Germaniyadagi konservativ Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) blokidagi siyosatchilarda norozilik uyg‘otmoqda. Bu blok va sotsial-demokratlar o‘rtasida tuzilgan koalitsion bitimda Afg‘onistondan qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha mavjud dasturlarni to‘xtatish va yangi dasturlarni joriy qilmaslik ko‘zda tutilgan.
Bundestagdagi XDI/XSI fraksiyasi rahbari Yens Shpan (Jens Spahn) qochqinlarning kelishini sharhlar ekan, har bir shunday reys Germaniyada o‘ng radikal "Germaniya uchun muqobil" (AfD) partiyasining mavqeini kuchaytirishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor