GJ 3090 b ekzosayyorasi o‘z yulduzi atrofida teskari yo‘nalishda aylanadi
Dunyo
Astronomlar GJ 3090 b ekzosayyorasi o‘z yulduzining aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishini aniqladi. Sayyoraning retrograd orbitasi taxminan 136° ga qiyalashgan bo‘lib, bu qizil mitti yulduzlar atrofidagi sayyora tizimlarining shakllanishini o‘rganish uchun alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi olib borgan tadqiqot 2026-yil 21-sentabr kuni Astronomy & Astrophysics jurnalida e’lon qilindi. Olimlar Chilidagi La-Silya observatoriyasida joylashgan 3,6 metrlik teleskopdagi asboblar yordamida jami 23 soatlik kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qildi. NIRPS spektrografi GJ 3090 b orbitasining uch o‘lchamli yo‘nalishini aniqlash va uning retrograd harakatini tasdiqlash imkonini berdi.
2022-yilda aniqlangan GJ 3090 b o‘z tizimidagi yulduzga eng yaqin sayyora hisoblanadi. U kichik qizil yulduz atrofida taxminan 2,9 kunda bir marta to‘liq aylanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tizimda Neptundan kichik bo‘lgan ikki yoki ehtimol uchta sayyora bor va ularning har biri yulduz atrofidagi aylanishini 16 kundan kam vaqtda yakunlaydi.
Odatda yulduzlar va sayyoralar bir xil aylanayotgan gaz va changdan iborat protoplanetar diskdan shakllanadi. Shu sababli sayyoralar odatda o‘z yulduzining aylanish yo‘nalishiga mos ravishda harakatlanadi. GJ 3090 b tizimida esa buning aksi kuzatilmoqda.
Olimlar, shuningdek, GJ 3090 b orbitasini keskin o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan boshqa yulduz yoki yirik sayyora kabi massiv obyektni aniqlamadi. Bu jihat ushbu tizimni kuchli nomuvofiq orbitalarga ega boshqa ma’lum tizimlardan ajratib turadi.
Tadqiqotchilar noodatiy konfiguratsiya sayyoralar tizimi shakllangan dastlabki davrda yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Gipotezalardan biriga ko‘ra, yosh yulduz boshqa yo‘nalishda joylashgan va retrograd harakatlangan qo‘shimcha gaz-chang diskini o‘ziga tortgan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik sayyoralar ana shu diskda shakllangan bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Tadqiqot hammuallifi, Jeneva universiteti astronomi Vensan Burryening ta’kidlashicha: «GJ 3090 holatida yulduz yo‘nalishi o‘zgargan, retrograd ikkilamchi diskni akkretsiya qilgan bo‘lishi mumkin, keyinchalik sayyoralar tizimi shu diskda shakllangan».
Mazkur kashfiyot, ayniqsa qizil mitti yulduzlar atrofida sayyora tizimlari shakllanishida yosh yulduzning tashqi muhiti qanday rol o‘ynashini o‘rganish uchun yangi imkoniyat yaratadi.

Powered by Froala Editor