Halima Yaqubning Oʻzbekistonga safari yakunlandi
Siyosat
Singapur Prezidenti Halima Yaqub O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunlab, 25-may kuni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining HY511 Toshkent-Seul reysi bilan Boeing 787 Dreamliner samolyotida mamlakatdan jo‘nab ketdi.
Halima Yaqub va uning turmush o‘rtog‘i Mohammed Abdullah Alhabshi 23-may kuni Uzbekistan Airways samolyotida Ostonadan Toshkentga uchib kelgan edi.
24-may kuni Singapur Prezidenti Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazdi, ikki mamlakat biznes-forumida ishtirok etdi. 25-may kuni esa “Afrosiyob” tezyurar poyezdida Samarqandga bordi va u yerdan kechki payt poytaxtga qaytdi.
Singapur Prezidenti tashrif yakunlarini sarhisob qilar ekan, safar samarali o‘tganini ta’kidlab, O‘zbekiston Singapur tajribasini o‘rganishga xayrixoh bo‘lgani, shuningdek, Singapur kompaniyalarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini ta’kidlab o‘tdi.

Powered by Froala Editor