HAMAS siyosiy byurosi rahbari Isroil bilan kelishuv yaqin ekanini aytdi
Dunyo
HAMAS yetakchilaridan biri, guruhning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Isroil bilan sulh bitimi tuzishga yaqin ekanini bildirdi.
"Biz sulh kelishuviga erishishga yaqinmiz", deyiladi HAMAS telegram kanalida paydo bo‘lgan va Reuters tomonidan ham qabul qilingan bayonotda. Kelishuv tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan.
AFP agentligining muzokaralardan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, kelishuv quruqlikdagi o‘t ochishni to‘xtatish va Isroilning Gʻazo sektori janubidagi havo operatsiyalarini cheklashdan iborat besh kunlik sulhni o‘z ichiga olishi mumkin.
Buning evaziga HAMAS va “Islomiy jihod” vakillari tomonidan asirga olingan 50 dan 100 nafargacha aholi ozod qilinadi. Ular orasida isroilliklar, boshqa millatdagi mahbuslar bo‘ladi, lekin harbiy xizmatchilar emas. Kelishuvga ko‘ra, Isroil qamoqxonalaridan 300 ga yaqin falastinlik ozod qilinadi.

Powered by Froala Editor