Hamas yetakchisi Xaniya Tehronda o‘ldirildi

Dunyo

Isroil hujumi natijasida Hamas yetakchisi o‘ldirildi.

Hamas yetakchisi Xaniya Tehronda o‘ldirildi
Hamas va Eronning Islomiy inqilob posbonlari korpusi (IIPK) yetakchisi Ismoil Xaniyaning Isroil hujumi natijasida Tehronda o‘ldirilganini tasdiqladi. Xaniya Eron prezidenti Masud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelgan edi.

Hamas ushbu hujumni "jiddiy keskinlik" deb atab, uning maqsadlariga erishmasligini ta'kidladi. Hujumda Xaniyaning qo‘riqchisi ham halok bo‘ldi. Isroil ushbu voqea yuzasidan hali izoh bermadi.

Xaniya 2019 yilda G‘azo sektorini tark etib, Qatarda surgunda yashay boshlagan edi. Hozirda Hamasning G‘azo sektoridagi bosh yetakchisi Yahyo Sinvor hisoblanadi, u 7-oktabr hujumini boshqargan.

Hududdagi tanglik shanba kuni Isroil nazoratidagi Goland tepaliklaridagi druz shahar Majdal-Shamsga raketa hujumi natijasida 12 bola va o‘smir halok bo‘lganidan so‘ng yanada oshdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing