Hayrli niyat bilan boshlangan hayrli ishlar

Maxsus loyiha

Bugun butun jahonda 1,9 milliardga yaqin musulmon aholi istiqomat qiladi. Ushbu raqamlar bugungi kunda global bozorni iste’molchilar ehtiyojlariga javob beradigan hizmatlarni yaratishga undamoqda. Halol turizm - aynan shunday servislardan biriga kiradi.

Hayrli niyat bilan boshlangan hayrli ishlar
O‘zbekistonda halol turizmni rivojlantirish uchun imkoniyatlar kengayib bormoqda. Hammamizga tanish bo‘lgan Yurak Amri tashkiloti ham ushbu imkoniyatlardan foydalanib, halol turizm hizmatlarini taqdim etuvchi yangi kompaniya tashkil etdi.

Eng quvonarlisi esa ular kompaniya daromadining 15%ni doimiy ravishda hayriya ishlariga sarflashni va’da qilishdi.
Ya’ni siz sayohatingiz uchun sarflagan harajatingiz kimningdir og‘irini yengil qilish uchun foydasi tegishi mumkin.

“Umid qilamizki, Yurak Amri loyihasiga o‘xshagan hayrli ishlar yurtimizda ko‘payib boraveradi! Yaratgan boshlagan ishlaringizni hayrli qilsin!” - deya Davron Abdullaev o’z sahifalarida yozadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing