Hindiston, Pokistonlik mansabdorlarni “persona non grata” deb e’lon qildi
Dunyo
Kashmirda sodir bo‘lgan terrorchilik hujumi natijasida 26 kishi halok bo‘lganidan so‘ng, Hindiston hukumati qo‘shni Pokistonga nisbatan qator qat’iy choralarni e’lon qildi. Hindiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Vikram Misri 24-aprel, payshanba kuni, Jammu va Kashmir ittifoq hududida yuz bergan hujumdan ikki kun o‘tib, Pokistonning Nyu-Dehlidagi Oliy komissiyasida faoliyat yuritayotgan mudofaa, harbiy, dengiz va havo kuchlariga oid maslahatchilar “persona non grata” deb e’lon qilib, bir hafta ichida Hindistonni tark etishlari kerakligini ma’lum qildi.
The Times of India nashrining yozishicha, Hindiston o‘zining Islomoboddagi Oliy komissiyasidagi shunga o‘xshash lavozimdagi maslahatchilarini ham chaqirib olmoqda va bu lavozimlar bekor qilinadi.
Pokiston fuqarolari Hindistondan chiqib ketishlari shart. AFP agentligining xabar berishicha, Hindiston hukumati mamlakatdagi barcha Pokiston fuqarolarini 29-aprelgacha, hatto vizalari amal qilayotgan bo‘lsa ham, Hindistondan chiqib ketishlarini buyurdi. “Hozirda Hindistonda bo‘lgan barcha Pokiston fuqarolari vizalari muddati tugashidan oldin mamlakatni tark etishlari lozim”, — deyiladi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Shuningdek, Pokiston fuqarolariga Janubiy Osiyo Mintaqaviy Hamkorlik Assotsiatsiyasi (SAARC) doirasidagi vizadan ozod etish tizimi orqali Hindistonga kirish taqiqlanadi. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Misrining so‘zlariga ko‘ra, 1-mayga qadar Hindiston va Pokiston elchixonalari xodimlari soni 55 tadan 30 taga qisqartiriladi. Vizadan ozod etish tizimi asosida kirgan barcha Pokiston fuqarolari 48 soat ichida chiqarib yuboriladi.
Eslatib o'tamiz, SAARC vizasiz kirish tizimi 1992-yilda joriy etilgan bo‘lib, unga sudyalar, deputatlar, yuqori martabali amaldorlar, jurnalistlar, sportchilar kabi 24 toifadagi shaxslar kiradi.
Undan tashqari Hindiston Indus daryosi bo‘yicha suv resurslari bitimini to‘xtatadi. Terrorchilik hujumidan so‘ng Hindiston hukumati Xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan choralar orasida 1960-yilda imzolangan Indus daryosi suvlaridan foydalanish bo‘yicha Pokiston bilan tuzilgan bitimning amal qilishini darhol to‘xtatish ham bor.
“Indus daryosi bo‘yicha bitim amal qilmaydi, to unga qadar Pokiston terrorchilikni ochiq va qaytarilmas tarzda qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmaguncha”, — deya bayonot berdi Vikram Misri 23-aprel kuni.
Islomobod esa 24-aprel kuni Hindistonning suv ta’minotini to‘xtatishga urinishini “urush harakati” deb baholashini e’lon qildi. “Agar Hindiston Indus daryosi bo‘yicha bitimga zid ravishda suv oqimini to‘xtatishga yoki yo‘nalishini o‘zgartirishga harakat qilsa, bu urush harakati sifatida qaraladi va bunga butun milliy kuchlar doirasida qat’iy javob beriladi”, — deyiladi Pokiston bosh vaziri Shabaz Sharif ofisining Milliy xavfsizlik qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng bergan bayonotida.
Bundan tashqari, Hindiston Pokiston bilan chegaradagi muhim Attari chegara nazorat punktini ham yopmoqda. The Times of India yozishicha, ushbu yo‘nalishdan 2025-yil 1-mayga qadar kirganlar yana shundan chiqib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Powered by Froala Editor