Hindiston Yerni doimiy kuzatish uchun EOS-05 sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi
Texnologiya
Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) EOS-05 (GISAT-1A) masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. GSLV F-17 raketa-tashuvchisi Shriharikota orolidagi kosmodromdan uchirildi va og‘irligi 2,3 tonnadan ortiq bo‘lgan apparat belgilangan geoo‘tish orbitasiga chiqarildi.
Sun’iy yo‘ldosh uchirilganidan 18 daqiqa o‘tib raketadan ajraldi. Keyinchalik bir qator manyovrlar yordamida uni balandligi qariyb 36 ming kilometr bo‘lgan geosinxron orbitaga o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu orbitada apparatning aylanish davri Yerning aylanishi bilan sinxronlashadi.
Past Yer orbitalarida ishlaydigan ko‘plab masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlaridan farqli ravishda, EOS-05 bir hudud ustida qolishi mumkin. Bu Yer tasvirlarini real vaqt rejimida olish va uzluksiz kuzatuv olib borish imkonini beradi.
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlardan ob-havo sharoitlari, tabiiy ofatlar va Hindistondagi qishloq xo‘jaligi yerlarining holatini monitoring qilishda foydalanish rejalashtirilgan. ISRO yangi apparatni “hamma narsani ko‘ruvchi ko‘z” deb atadi.
ISRO rahbari Vanniyaperumal Narayananning so‘zlariga ko‘ra, uchirilgandan keyin kelayotgan ma’lumotlar barcha tizimlar me’yorida ishlayotganini ko‘rsatmoqda. Sun’iy yo‘ldoshning quyosh paneli ham muvaffaqiyatli ochilgan. ISRO parvoz belgilangan trayektoriya bo‘yicha davom etayotganini qayd etdi.
EOS-05 og‘irligi 2,3 tonnadan ortiq bo‘lib, bu uni GSLV raketasi tomonidan orbitaga chiqarilgan eng og‘ir apparatga aylantiradi.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi muvaffaqiyatli missiya mamlakat kosmik sanoatining yuqori darajadagi mahorati, innovatsiyalari va ortib borayotgan salohiyatini namoyish etganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchirish Hindiston kosmik ekotizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor