Holand Braziliyani to‘xtatdi, Mbappe Fransiyani keyingi bosqichga olib chiqdi: JCh-2026ning qaynoq oqshomi
Sport
JCh-2026 nimchorak finalining dramatik uchrashuvlaridan so‘ng yangi chorak final juftliklari shakllandi. Besh karra jahon chempioni Braziliyaning turnirni tark etishi asosiy sensatsiyaga aylandi. Marokash, Fransiya va Angliya esa sovrin uchun kurashni davom ettiradi.
Norvegiya statistik ustunlik Braziliya tomonida bo‘lishiga qaramay, janubiy amerikaliklarni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv qahramoni o‘yin oxirida dubl qayd etgan Erling Holand bo‘ldi. Neymar qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan hisobni qisqartirdi, biroq Karlo Anchelotti jamoasini qutqara olmadi. Braziliya 1990-yildan buyon ilk bor jahon chempionatini nimchorak final bosqichida tark etdi.
Chorak finalda Norvegiyaga Angliya qarshi chiqadi. Tomas Tuxel jamoasi keskin bahsda Meksikani 3:2 hisobida yengdi. Jud Bellingem birinchi bo‘limda ikki bor gol urdi, Harri Keyn esa penaltini aniq amalga oshirdi. Meksika Xulian Kinyones va Raul Ximenesning gollari bilan javob qaytardi, ammo mezbonlarning yakuniy hujumi natija bermadi.
Marokash turnir mezbonlaridan yana biri — Kanadaning yurishini to‘xtatdi. Murakkab birinchi bo‘limdan so‘ng «Atlas sherlari» uchta javobsiz gol urdi. Azzedin Unahi dubl qayd etdi, Sufyon Rahimiy esa yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:0.
Fransiya deyarli 40 daraja issiqda o‘tgan o‘yinda Paragvayni minimal ustunlik bilan mag‘lub etdi. Uchrashuv taqdirini 70-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan amalga oshirilgan penalti hal qildi - 1:0.
Shu tariqa, 10 iyul kuni Fransiya JCH-2022 yarim finalining takroriy bahsida Marokash bilan to‘qnash keladi. Ikki kundan so‘ng Norvegiya jahon chempionatining yarim finaliga chiqish uchun Angliya bilan o‘ynaydi.

Powered by Froala Editor