Hukumat iste’foga chiqdi

O'zbekiston

Vazirlar Mahkamasining 19-noyabrdagi tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Hukumat iste’foga chiqdi
27 oktyabr kuni o‘tkazilgan Parlament saylovlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi” qonunning 7-moddasida Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi belgilangan.

Shu sababli, joriy yilning 19 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi ma’lum qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing