Humo Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi

O'zbekiston

2024-yil 1-iyuldan Humo to‘lov tizimi operatoridagi davlat ulushi Markaziy bankdan Davaktiv balansiga o‘tkazildi.

Humo Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi
O‘zbekistonda 2024-yilning 1-iyulidan boshlab tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati bo‘lgan kompaniyalargina to‘lov tizimi operatori va to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi. Bu – 30 noyabr kuni imzolangan Prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, to‘lov tizimi operatorlarining ustav kapitali 2024-yilning 1-iyulidan boshlab kamida 50 mlrd so‘m bo‘lishi kerak. Shu sanadan e’tiboran to‘lov tashkilotining ustav kapitali bo‘yicha minimal talab 10 mlrd so‘m, 2025-yil 1-iyuldan esa 20 mlrd so‘m deb belgilanadi.

Hujjat bilan, Humo (“Milliy banklararo protsessing markazi” MChJ) ustav kapitalidagi davlat ulushi Markaziy bankdan olinib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing