Ibadullayev Xayrullo Saydullayevichni «Jasorat» medali bilan mukofotlash to‘g‘risida
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan favqulodda va murakkab vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan pastga qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatgani va uning hayotini saqlab qolgani, xalqimizga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani uchun mard va jasur yurtdoshimiz Ibadullayev Xayrullo Saydullayevich «Jasorat» medali bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Powered by Froala Editor