IDECA Toshkentni stomatologiya innovatsiyalari markaziga aylantirish arafasida

O'zbekiston

Yurtimizning gavjum poytaxti Toshkentda joriy yilning 6–8-may kunlari IDECA (International Dental Expo Central Asia) ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va u stomatologiya mahoratining markaziga aylanadi.

IDECA Toshkentni stomatologiya innovatsiyalari markaziga aylantirish arafasida
Mutaxassislar va ishqibozlar stomatologiyanng turli sohalaridagi so'nggi tendensiyalar va yutuqlarni o'rganish uchun CAEx Uzbekistan koʻrgazma markazida yig'ilishadi:

Raqamli stomatologiya
Yuz-jag’ va plastik jarrohlik
Ortognatik jarrohlik
Stomatologiya va tibbiyotda AI va IT
Gigiena va profilaktika
Integrativ va profilaktik tibbiyot
Hamshiralar va assistentlar
Tish texniklari va laboratoriyalar
Ta'lim va fan
Innovatsiyalar va ishlab chiqarish
Uyushmalar va jamiyatlar

IDECA turli mehmonlarni qabul qiladi:

Mutaxassislar: 3000+
Talabalar: 2000+
Texnikum va kollej talabalari: 1000+
O'qituvchilar va tadqiqotchilar: 400+
Hukumat vakillari: 200+
Biznes hamjamiyatining yetakchilari: 150+
Davolash va diagnostika muassasalari rahbarlari: 100+
Xorijiy diplomatik missiyalar vakillari

IDECO’da quyidagi mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi (Toshkent shahri, 12 viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston)
MDH davlatlari (Ozarbayjon, Rossiya, Armaniston, Belarus)
Yevropa Ittifoqi davlatlari (Germaniya, Fransiya, Polsha, Vengriya, Italiya va boshqalar)
Turkiya, Malayziya, Xitoy, Koreya, Hindiston

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 7000 dan ortiq stomatolog va 1400 dan ortiq tish texniklari faoliyat yuritadi. Kelgusi 3 yil davomida 4000 dan ortiq stomatologlar tayyorlanishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, yurtimizda 40 dan ortiq davlat va 1200 dan ortiq xususiy stomatologiya muassasalari kattalar va bolalar stomatologiyasi, jumladan, yuz-jag' jarrohligi bo'yicha kompleks xizmatlarni taklif etadi. O'zbekiston, shuningdek, MDH mamlakatlari orasida sifat va narx jihatidan eng yuqori darajada turadi va tibbiy turizm bo'yicha ajoyib takliflarni taqdim etadi.

Stomatologiya olamidagi so‘nggi tendensiya va yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Stendingizni bron qiling!

Ma'lumot uchun biostom@yahoo.com’ga yozing yoki +998 88 898 44 48 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Milliy bog‘ ko‘chasi №1, CAEx.

Reklama huquqi asosida

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing