III “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining g‘oliblari aniqlandi

O'zbekiston

Joriy yilning 18-19 noyabr kunlari O‘zbekistonda III “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mdan iborat mazkur shaxmat turnirining joriy yilgi bahslari 4 ming nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi.

III “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, “Zakovat-Gambit” turniri doirasida o‘zbekistonlik yoshlar shaxmat taxtasida mashhur jahon chempionlari Vladimir Kramnik va Xou Ifanga qarshi dona surgan.

“Bizning doimiy eng katta orzu-maqsadimiz yoshlar o‘rtasida bilim va aql-zakovatga qiziqishni trend darajasiga chiqarish bo‘lib kelgan”, deydi Prezident maslahatchisi.

O‘tgan yilgi bahslarda “A” guruhida 3-o‘rinni egallagan Muhiddin Madaminov bu yilgi musobaqaga jiddiy hozirlik ko‘rganini amalda isbotlab, g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, ushbu guruhda 2 va 3-o‘rinlar Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidovga nasib etdi.

“V” guruhida Muhammadzohid Suyarov, Bobur Sattorov va Almas Rahmatullayev, “S” guruhida Asrorjon Omonov, Akobirxon Saydaliyev, Nurilla Uralov, “D” guruhida Islombek Sindorov, Shahrombek Karimov, Abdulaziz Qurbonov, “Ye” guruhida Rauf Qosimov, Akjol Rahmatullayev, Biloliddin Obidov sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Guruhlarda 1-o‘rinni egallagan shaxmatchilar 50, 2-o‘rin sohiblari 30, 3-o‘rindan joy olgan shaxmatchilar 20 million so‘m miqdoridagi mukofotlar topshirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing