Ikki nafar rossiyalik konkida yuguruvchi sport fuqaroligini o‘zgartirib, O‘zbekiston uchun o‘ynashni rejalashtirmoqda

Sport

Ikki nafar rossiyalik konkida yuguruvchi sport fuqaroligini o‘zgartirib, O‘zbekiston nomidan bellashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya konkida yuguruvchilar uyushmasi prezidenti Nikolay Gulyaev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Ikki nafar rossiyalik konkida yuguruvchi sport fuqaroligini o‘zgartirib, O‘zbekiston uchun o‘ynashni rejalashtirmoqda
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik konkida yugurish bo‘yicha jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori Danila Semerikov O'zbekiston uchun chiqish niyatini bildirgan edi.

“Murojaatlar bor, kimdan ekanini, hozircha aytmayman, lekin mamlakat o’sha-o’sha — O‘zbekiston. Ikki erkak. Bir xil sport turi, har xil toifa. Hozircha hammasini ayta olmayman", — dedi Gulyaev.

“Ularga nisbatan qandaydir xusumatim yo’q, o‘tishning o’z qonun-qoidalari bor”, — deya qo‘shimcha qildi uyushma rahbari.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing