Ilon Mask Amerika bankrot bo‘layotganini aytdi
Dunyo
Bugun 27-fevral kuni bo'lib o'tgan, Donald Tramp boshchiligida o'tkazilgan hukumat yig‘ilishida, AQSh Yevropa Ittifoqi bilan savdo aloqalarida aldanayotganini ta’kidladi.
"Ular (YI) bizning avtomobillarimizni yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimizni sotib olmaydi. Barcha mumkin bo‘lgan nayranglardan foydalanib, buni chetlab o‘tishga harakat qilishadi. Biz esa bunga ko‘nib kelamiz. Natijada, YI bilan savdo balansimiz 300 milliard dollar defitsitga uchradi", — dedi Tramp.
Shu sababli u Yevropadan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik boj solishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu chora Yevropadan keltiriladigan avtomobillar, farmatsevtika mahsulotlari va mikrochiplarga ta’sir qiladi.
Yevropa davlatlari yetakchilari agar Tramp bu tahdidlarni amalga oshirsa, darhol javob choralarini ko‘rishini bildirgan. Biroq Tramp bunga ishonmaydi:
“Biz – oltin konimiz, hamma bizni qo‘lga kiritmoqchi. Ular javob choralarini qo‘llashga harakat qilishi mumkin, lekin bu natija bermaydi. Biz shunchaki xarid qilishni to‘xtatamiz. Agar shunday bo‘lsa, biz faqat yutamiz”, — dedi Tramp.
Trampning yig‘ilishida Ilon Mask ham ishtirok etdi. Hozirda u AQSh Hukumat samaradorligini oshirish departamenti (DOGE) rahbari hisoblanadi.
Maskning aytishicha, DOGE jamoasining asosiy maqsadi — 2 trillion dollarlik ulkan va qabul qilib bo‘lmaydigan defitsitni bartaraf etishdir.
“Agar DOGE bo‘lmasa, Amerika bankrot bo‘ladi”, — dedi Mask.
U hukumat xarajatlarini qisqartirishga intilish davomida DOGE ba’zi xatolar qilishi mumkinligini, ammo bu xatolar tezda tuzatilishini ta’kidladi. Misol sifatida u AQShning Ebola virusi profilaktikasi bo‘yicha USAID dasturlarini vaqtincha yopish qarorini keltirdi.
Tramp prezidentlikka kelishi bilan chet elga beriladigan barcha yordamlarni vaqtincha to‘xtatdi, shu jumladan, o‘limga olib keluvchi viruslarga qarshi kurash uchun ajratilgan mablag‘larni ham muzlatib qo‘ydi.
USAID vakilining so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ muzlatilganidan so‘ng Ebola bilan kurash uchun hech qanday mablag‘ ajratilmagan.
Trampning yangi ma’muriyati faoliyati boshlanganidan beri ilk hukumat yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar AQShning xalqaro maydondagi siyosati va iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga nisbatan savdo cheklovlari AQSh va Yevropa o‘rtasidagi iqtisodiy ziddiyatlarni yanada kuchaytirishi mumkin.

Powered by Froala Editor