Ilon Mask besh yil ichida sun’iy intellekt insoniyatning umumiy intellektidan ustun kelishini prognoz qilmoqda
Texnologiya
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning fikricha, sun’iy intellekt yaqin besh yil ichida insoniyatning umumiy intellektidan ustun kelishi mumkin. U bu fikrni The Economist nashriga bergan intervyusida bildirdi.
Maskning aytishicha, taxminan besh yil ichida sun’iy intellekt deyarli barcha vazifalarni insondan samaraliroq bajarishga qodir bo‘ladi, bundan faqat inson bo‘lishning o‘zi istisno bo‘lishi mumkin. Uning fikricha, agar uchinchi jahon urushi yoki global yadroviy mojaro yuz bermasa, sun’iy intellektning rivojlanishi dunyoni «mislsiz farovonlik davri»ga olib kirishi mumkin.
Shu bilan birga, tadbirkor yaqin o‘n yil ichida insoniyat sun’iy intellekt ustidan to‘liq nazoratni saqlab qolishi ehtimoli pastligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt va «qotil robotlar» bilan bog‘liq xavf nolga teng emas.
Mask, shuningdek, sun’iy intellekt va robototexnika rivojlanishini amalda to‘xtatishning iloji yo‘qligini bildirib, mavjud xavflarga qaramay, eng ehtimoliy natija keng ko‘lamli farovonlik bo‘lishini qayd etdi.

Powered by Froala Editor