Indoneziyada Google smartfonlari sotuvi taqiqlandi

Dunyo

“TechCrunch” portali bergan xabarga ko’ra, Indoneziyada sotilayotgan qurilmalarning 40 foizi mahalliy tarkibiy qismlardan ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi talab bajarilmagani sababli Google Pixel smartfonlari sotuvi taqiqlab qo‘yildi.

Indoneziyada Google smartfonlari sotuvi taqiqlandi
Google kompaniyasidan bu muammoni hal qilish uchun mahalliy iqtisodiyotga investitsiya kiritish, komponentlarni Indoneziyada ishlab chiqarish yoki uni mahalliy yetkazib beruvchilardan xarid qilish talab etilmoqda. Samsung va Xiaomi avvalroq ushbu talabga javob berish maqsadida Indoneziyada zavod ochgan.

Joriy yilda, investitsiya majburiyatlarini bajarmagani sababli mamlakatda iPhone 16 savdosi ham taqiqlangandi. Kompaniya dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar uchun to‘rtta akademiya ochgan bo‘lsa-da, ajratilgan mablag‘ yetarli deb hisoblanmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing