Prezident Shavkat Mirziyoyevdan insonparvarlik namunasi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 33 yilligi arafasida insonparvarlik namunasi sifatida 522 nafar mahkumni afv etishga qaror qildi. Ular sodir etgan jinoyatlaridan chin dildan pushaymon bo‘lib, to’g’rilanish yo‘liga qat’iy kirgan shaxslar hisoblanadi.
Ushbu afv, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandi asosida qabul qilingan va uning doirasida 159 nafar mahkum asosiy jazodan to‘liq ozod qilindi, 303 nafar mahkum shartli ravishda muddatidan oldin ozod etildi, 60 nafar shaxsning jazosi yengilroq turga almashtirildi.
Afv etilganlar orasida 19 nafar xorijiy davlat fuqarolari, 56 nafar ayol, 60 yoshdan oshgan 25 nafar erkak, shuningdek, 30 yoshgacha bo‘lgan 233 nafar shaxs (ulardan biri voyaga yetmagan) va taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 27 nafar shaxs mavjud.
Prezident tomonidan qabul qilingan ushbu qaror doirasida tegishli vazirlik va idoralarga afv etilganlarni oilalari va yaqinlariga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuvi, foydali mehnatga jalb etilishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Powered by Froala Editor