Ishbilarmonlik muhiti yomonlashgani sababli Germaniya iqtisodiyoti retsessiyaga yuz tutdi
Iqtisodiyot
Ifo Myunxen Iqtisodiy tadqiqotlar institutining xabar berishicha, Germaniya iqtisodiyoti retsessiyaga tushib qolgan, chunki uning ishbilarmonlik muhiti indeksi ketma-ket ikkinchi oy pasayib bormoqda.
"Joriy yil boshida kompaniyalar o'rtasidagi kayfiyat yanada yomonlashdi. Ifo ishbilarmonlik muhiti indeksi dekabrdagi 86,3 punktdan keyin yanvar oyida 85,2 punktga tushdi", ― deya ta'kidlashdi institutda. Tahlilchilar Germaniya iqtisodiyoti uchun asosiy ko'rsatkich 86,6 punktga ko'tarilishini kutishgan edi. Biroq, kompaniyalarning kelgusi oylarga bo'lgan umidlari ko'proq salbiy bo'lib chiqdi. "Germaniya iqtisodiyoti retsessiyaga yuz tutdi", ― dedi Ifo rahbari Klemens Fyuest natijalar haqida.
Qayd etilishicha, ishbilarmonlik muhiti indeksi ishlab chiqarish sohasida o'sishni ko'rsatdi, lekin xizmatlar sohasida sezilarli darajada kamaydi, bu yerda mavjud vaziyatni baholashning yomonlashuvi va buyurtmalar kitobidan norozilikning ortishi kuzatildi. Kompaniyalarning umidlari ham salbiy bo'lib qoldi. Savdo sohasida indeks 2022-yil oktyabr oyidan beri eng past darajaga yetdi, qurilish sohasida esa pasayish tendensiyasi davom etdi.
Eslatib o’tamiz, Ifo ishbilarmonlik muhiti indeksi qariyb 9 ming Germaniya korxonalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga asoslanadi va Germaniya iqtisodiyoti holatini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich sanaladi.

Powered by Froala Editor