Ismoil Ahmadxo‘jayev Rossa Racing jamoasiga Spa-Francorchampsda g‘alaba olib keldi
Sport
O‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmadxo‘jayev Belgiyada o‘tkazilgan Ultimate Cup Series musobaqasining to‘rtinchi bosqichida Rossa Racing jamoasiga g‘alaba olib keldi. Afsonaviy Spa-Francorchamps trassasida jamoa ikki poul va ikki g‘alabani qo‘lga kiritdi.
20 sentyabr kuni Ahmadxo‘jayev Ultimate GT Sprint Cup toifasida Roman Rusinov bilan birga Rossa LM GT avtomobilida qatnashdi. Mazkur avtomobil Rusinov asos solgan muhandislik dasturi doirasida yaratilgan. Iyul oyida Italiyaning Mugello trassasida qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng ekipaj yana yetakchilar qatoridan joy oldi.
Spa-Francorchampsdagi saralash quruq trassada o‘tkazildi va Rossa Racing ikki poul pozitsiyasini egalladi. Poyga kuni ob-havo o‘zgardi: yomg‘ir trassa holatini bir necha bor o‘zgartirib, haydovchilardan doimiy moslashishni talab qildi. Ahmadxo‘jayev yuqori tezlikni saqlab, o‘z poygasida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Belgiya bosqichi Rossa Racing uchun ikki poul va ikki g‘alaba bilan yakunlandi. Ultimate Cup Seriesning Spa bosqichi 18–20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tdi va unda prototiplar, GT Endurance, GT Sprint hamda Formula toifalari qatnashdi.
«Spa — juda texnik trassa, bu yerda har bir aylana, ayniqsa ob-havo doim o‘zgarib turganda, to‘liq diqqatni talab qiladi. Shu sababli jahon avtosportining eng mashhur trassalaridan birida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish va O‘zbekistonni bunday darajada namoyish etish ayniqsa yoqimli. Butun jamoaga mehnati uchun va Romanga ushbu hafta oxiri uchun rahmat», — dedi Ismoil Ahmadxo‘jayev.
Ultimate GT Sprint Cup Yevropaning yetakchi avtodromlarida qisqa va shiddatli poygalarni birlashtiradi. Musobaqa dam olish kunlari dasturi ikki 35 daqiqalik poygani o‘z ichiga oladi. Ularda boshqaruv aniqligi, barqaror tezlik va trassadagi vaziyatga tez moslashish muhim ahamiyatga ega.
Ahmadxo‘jayev uchun Spa’dagi natija xalqaro mavsumdagi navbatdagi muhim muvaffaqiyat bo‘ldi. Iyul oyida Rusinov va Ahmadxo‘jayev ekipaji Mugelloda Ultimate GT Sprint Cup bosqichida g‘olib chiqib, poul pozitsiyasini ham qo‘lga kiritgan edi.

Powered by Froala Editor