Ispaniyada suv toshqinlar qurbonlari soni 150 kishidan oshdi

Dunyo

Ispaniyada mamlakat janubi-sharqiy qismida sodir bo‘lgan halokatli suv toshqini qurbonlari soni 150 kishidan oshgani ma'lum bo'ldi.

Ispaniyada suv toshqinlar qurbonlari soni 150 kishidan oshdi
Joriy yilning 31 oktyabr kuni tushdan keyin qutqaruv xizmatlari 158 nafar halok bo‘lganlarning jasadini topgani haqida xabar berdi. Birgina Valensiya viloyatida kamida 155 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan. Ispaniya qiroli Felipe VI xavfli ob-havo hali tugamaganidan ogohlantirib, odamlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Sinoptiklar yana kuchli yomg‘ir yog‘ishini taxmin qilmoqda.

Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles ko‘p odamlar hali hamom topilmaganini ta’kidladi. Qutqaruv operatsiyasida o‘t o‘chiruvchilar, politsiya xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan tashqari 1200 dan ortiq askar ishtirok etmoqda.

Yevropa Ittifoqi Ispaniya qutqaruv xizmatlariga yordam berish uchun o‘zining Copernicus sun’iy yo‘ldosh tizimidan foydalanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing