Ispaniyaning “Dropson” suv tozalash tizimlari brendi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozoriga kirib kelmoqda

O'zbekiston

So’nggi yillarda dunyo aholisi toza ichimlik suvi muammosiga ro’baro’ kelmoqda. Ko'plab mamlakatlarda chuchuk suv tanqisligi kuzatilmoqda va bu bevosita atrof-muhitning ifloslanishi va ichimlik suvining isrof qilinishi oqibatlariga borib taqaladi.

Ispaniyaning “Dropson” suv tozalash tizimlari brendi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozoriga kirib kelmoqda
Ichimlik suvi bilan bog’liq muammolar ortib borayotgani sababli, ko'plab kompaniyalar yuqori samarali suv filtrlarini ishlab chiqishni yo’lga qo’ydilar. “Dropson” Evropa, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo bozorlarida o'zini namoyon etishga ulgurgan ana shunday kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda kompaniya Markaziy Osiyo bozorini o’rganish yo’lidagi ilk qadamlarini tashlamoqda.

“Dropson” kompaniyasining Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi rasmiy vakili Rustam Rustamov “Bright Uzbekistan” loyihasi asoschisi Davron Abdullaev bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida R.Rustamov kompaniya mahsulotlarini taqdim etdi va ushbu brendni O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar xususida gapirdi.

Qayd etish joizki, “Dropson” 2001-yilda suv tozalash, issiqlik va gidrotexnika sohasida tajribaga ega ispan-fransuz jamoasi tomonidan yaratilgan kompaniya hisoblanadi. 20 yildan ortiq tajribaga ega kompaniya yangi avlod suv tozalash tizimlarini loyihalash va ishlab chiqarish, suv sohasida konseptsiyalarni va texnologik yechimlarni qayta yaratish bo'yicha mutaxassis hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing