Isroil G‘azodagi Indoneziya kasalxonasiga hujum qildi
Dunyo
Vahshiylik oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, bino katta zarar ko'rgan, o'nlab odamlar jarohatlangan.
Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi Indoneziya kasalxonasiga hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Tibbiyot muassasasi binosining ikkinchi qavati jiddiy shikastlangani va hujumlar oqibatida ikki shifokor yaralangani qayd etilgan.
Hujum tufayli shifoxonada elektr uzilishi yuzaga kelgan. Kasalxonada 650 nafar bemor, jumladan 150 ga yaqin yarador davolanayotgan edi.
Shifoxonani qamal qilgan Isroil kuchlarining atrofdagi ko'p qavatli uylarning tomlariga snayperlarni joylashtirgani va kasalxona darvozasi oldida har qanday harakat sodir bo'lganda o't ochgani bildirilmoqda.

Powered by Froala Editor