Issiq ob-havo yangi global tahdidga aylanmoqda

Dunyo

Xavfli issiqlik XXI asrning eng jiddiy iqlim tahdidlaridan biriga aylanmoqda. Yangi tadqiqot ekstremal haroratlar tobora tez-tez kuzatilayotgani, uzoqroq davom etayotgani va ko‘proq hudud hamda aholiga ta’sir qilayotganini ko‘rsatdi. Hozirda Yer aholisining qariyb 70 foizi har yili kuchli issiqlik stressini boshdan kechirmoqda.

Issiq ob-havo yangi global tahdidga aylanmoqda
Nature Climate Change jurnalida e’lon qilingan tadqiqot Copernicus Climate Change Service ma’lumotlari va Universal issiqlik-iqlim indeksiga asoslanadi. Olimlar kunduzgi maksimal harorat har o‘n yilda o‘rtacha 0,27°C, tungi harorat esa 0,32°C ga oshayotganini aniqladi. Ayniqsa, tropik tunlar ertaroq boshlanib, uzoqroq davom etmoqda.

Eng katta o‘zgarishlar Yevropa, Shimoliy Afrika va Arabiston yarimorolida kuzatilmoqda. Bu hududlarda eng issiq kunlar 1970-yillardagiga nisbatan 4–5°C issiqroq bo‘lib, subtropik mintaqalarda kuchli jazirama kunlari yiliga qariyb 50 kunga ko‘paygan.

Shuningdek, yiliga kamida 90 kun kuchli issiqlik stressiga duch kelayotgan aholi ulushi 55 foizdan 70 foizgacha oshgan. Ekstremal issiqlik stressini yiliga kamida bir kun boshdan kechirayotganlar ulushi esa 16 foizdan 22 foizga yetib, xavf zonasiga yana qariyb bir milliard kishi qo‘shilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing