Italiya bosh vaziri AQSh ishtirokida shoshilinch Yevropa Ittifoqi sammitini chaqirdi

Dunyo

Vaziyat keskinlashdi. Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Rim o‘z ittifoqchilariga Vashington ishtirokida shoshilinch sammit o‘tkazishni taklif qilishini ma’lum qildi. Bu haqida u Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralar yakunlangach, ikki prezident o‘rtasida bahs kelib chiqqanidan keyin aytdi.

Italiya bosh vaziri AQSh ishtirokida shoshilinch Yevropa Ittifoqi sammitini chaqirdi
Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi 28-fevral kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan muzokaralar Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha tomonlarning qarashlari sababli bahsga aylanib ketdi. Donald Tramp keyinchalik Vashington tinchlikni xohlashini va bunga «hoziroq» erishish mumkinligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy urushni davom ettirish niyatida. Ukraina prezidenti esa o‘z navbatida, hech qanday yomon ish qilmaganini va uzr so‘rashga hojat yo‘qligini ta’kidladi.

Ikki prezidentning matbuot anjumani bekor qilindi, shuningdek, foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolanmadi. Yevropadagi aksariyat siyosatchilar Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatladi.

«G‘arbning har qanday bo‘linishi bizni zaiflashtiradi va bu sivilizatsiyamiz inqirozga uchrashini istaganlar uchun foydalidir», — dedi Jorja Meloni.

Italiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari «Ukrainadan boshlab jiddiy tahdidlarga qanday qarshi turish» masalasini muhokama qilishi kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing