Javohir Sindorov Titled Tuesday turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Sport
O‘zbekistonlik yosh grossmeyster Javohir Sindorov mashhur "Titled Tuesday" onlayn turnirida ishonchli ishtirok etib, Yan-Kristof Dudedan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Har hafta Chess.com platformasida o‘tkaziladigan turnir an’anaviy tarzda dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini o‘zida jamlaydi. Bu safargi bahslar ayniqsa qizg‘in kechdi: Duda 11 balldan 10 ochko jamg‘arib, chempion bo‘ldi. Javohir Sindorov musobaqani 9 ochko bilan yakunlagan bo‘lsa, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Amerikalik Kristofer Yu ham xuddi shuncha ochko bilan sovrindorlar uchligiga yakun yasadi.
G‘alabasi uchun Duda 1000 dollar mukofot puli oldi. Vitse-chempion bo‘lgan Sindorov 750 dollar, Kristofer Yu esa 350 dollar ishlab oldi. Bu natija o‘zbekistonlik grossmeysterning jahon shaxmat elitasi cho‘qqilari sari dadil qadam tashlashda davom etayotganini tasdiqlaydi.

Powered by Froala Editor