Kashmirdagi fojia: 60 kishi halok bo‘lgan, 200 kishi bedarak yo‘qolgan
Dunyo
Hindistonning Kashmir hududida kutilmagan kuchli yomg‘irlar kamida 60 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 200 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi. Fojia Machail Mata ibodatxonasiga ommaviy ziyorat paytida yuz berdi.
15-avgust Jammu va Kashmir viloyati rahbari Omar Abdulla ma’lum qilishicha, to‘satdan yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohat oldi, 200 dan ziyod odam bedarak yo‘qoldi.
Kuchli yomg‘irlar Kishtvar tumanidagi Chasoti qishlog‘ida joylashgan dala oshxonasini va qo‘riqlash postini oqizib ketdi. Shu paytda bu yerda o‘nlab ziyoratchilar bo‘lgan.
“Biz juda kuchli shovqinni eshitdik, so‘ng suv va loy oqimi bostirib keldi. Odamlar baqirishdi, ayrimlar Chenab daryosiga tushib ketdi, boshqalar esa vayronalar ostida qolib ketdi”, — dedi ziyoratchi Rakesh Sharma.
Qutqaruv ishlariga armiya, havo kuchlari va favqulodda xizmatlar jalb qilingan. Qidiruv ishlari ekskavatorlar, vertolyotlar, arqon va vaqtinchalik ko‘priklar yordamida olib borilmoqda.
Hududda yangi sel va to‘satdan suv toshqinlari xavfi saqlanib qolmoqda. Bu so‘nggi bir haftadan ortiq vaqt ichida Himolaylarda sodir bo‘lgan ikkinchi yirik falokatdir. Ilgari shunday hodisa Uttarakhand shtatida ham yuz bergan edi.
Olimlar aytishicha, Himolaylarda suv toshqinlari va ko‘chkilarga moyillik doim bo‘lgan, ammo iqlim o‘zgarishi ularning chastotasi va vayronkorligini kuchaytirmoqda.

Powered by Froala Editor