Eronni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan orol
Dunyo
AQShda Eronning strategik neft orolini egallash g‘oyasi yangradi. Amerikalik siyosatchining fikricha, bunday qadam Eron iqtisodiyotini amalda falaj qilib, mamlakatning neft daromadlarini keskin kamaytirishi mumkin.
AQSh prezidenti ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘lib ishlagan Donald Tramp ma’muriyati vakili — Kit Kellogg — Qo‘shma Shtatlar strategik Xark orolini nazoratga olsa, Eron iqtisodiyotini izolyatsiya qilish mumkinligini aytdi.
U Fox News telekanaliga bergan intervyusida Xark oroli Eron neft eksportida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat eksport qilayotgan neftning qariyb 90 foizi aynan shu terminal orqali o‘tadi.
Xark oroli Fors ko‘rfazi mintaqasidagi eng yirik neft terminallaridan biri hisoblanadi. Bu yerga neft to‘rtta quvur orqali yetkaziladi va umumiy sig‘imi 30 million barrelgacha bo‘lgan rezervuarlarda saqlanadi. Terminalning o‘tkazish quvvati kuniga taxminan 10 million barrelni tashkil etadi.
Kelloggning fikricha, agar orol nazoratga olinsa, Eron deyarli neft eksport qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. “Agar Xark oroli egallansa, bu Eron iqtisodiyotini izolyatsiya qiladi”, — dedi u.
Shuningdek, u bunday holat Tehronning hamkorlari, jumladan Xitoy va Rossiyani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham cheklashi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Powered by Froala Editor