Sherzod Xodjayev O‘zbekiston energetika vaziri etib tayinlandi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jurabek Mirzamahmudovni energetika vaziri lavozimidan ozod etdi va uning o‘rniga Sherzod Hikmatullayevich Xodjayevni tayinladi. Tegishli farmon Prezident tomonidan imzolandi, yangi vazir nomzodi esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Sherzod Xodjayev O‘zbekiston energetika vaziri etib tayinlandi
Tayinlovga qadar Sherzod Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Jurabek Mirzamahmudov 2022-yil sentyabridan buyon Energetika vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. U bundan avval «O‘zatom» agentligi, «O‘zkimyosanoat» kompaniyasiga rahbarlik qilgan hamda energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — «O‘zatom» bosh direktori lavozimida ishlagan.

Uning vazir sifatidagi faoliyati davomida energetika sohasida qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirildi, quyosh va shamol energetikasi loyihalari rivojlantirildi, elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari isloh qilindi, «Rosatom» bilan hamkorlikda mamlakatdagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi boshlandi hamda Rossiyadan tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing