Saudiyalik investorlar O‘zbekistonda 260 million dollarlik xavfli chiqindilarni boshqarish loyihasini jadallashtiradi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 260 million AQSH dollari qiymatidagi zamonaviy xavfli sanoat chiqindilarini boshqarish majmuasini barpo etish loyihasini jadallashtirish masalasini muhokama qildi. Ushbu mavzu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, ACWA Power asoschisi va boshqaruv kengashi raisi Muhammad Abunayyan hamda Vision Invest vakillari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy masalalaridan biri bo‘ldi.
Tomonlar chiqindilarni boshqarish va iqlim o‘zgarishiga moslashish yo‘nalishidagi amaldagi qo‘shma ekologik loyihalar ijrosini ko‘rib chiqib, mazkur majmua qurilishini jadallashtirish bo‘yicha navbatdagi choralarni muhokama qildi.
Muzokaralarda, shuningdek, O‘zbekistonda qum va chang bo‘ronlarini monitoring qilish hamda erta ogohlantirish milliy tizimini yaratish bo‘yicha Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Loyiha zamonaviy monitoring tizimini joriy etish, milliy platformani xalqaro erta ogohlantirish tizimlari bilan integratsiya qilish, qo‘shma prognozlash modellarini ishlab chiqish va ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida ma’lumot almashishni nazarda tutadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etish, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni kengaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor