O‘zbekiston va Germaniya gospital pedagogikasi sohasida tajriba almashdi
O'zbekiston
Mehrli Maktab loyihasi doirasida O‘zbekiston gospital maktablari o‘qituvchilari hamda Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti vakillari uchun nemis mutaxassislari ishtirokida ta’lim seminarlari tashkil etildi. Ishtirokchilar Germaniyada uzoq muddat davolanayotgan bolalarni o‘qitish va inklyuziv ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha qo‘llaniladigan yondashuvlar bilan tanishdi.
Seminarlarda Myunxendagi Lyudvig-Maksimilian universiteti (LMU), alohida ehtiyojli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim markazlari hamda Schwabing klinikasi qoshidagi gospital maktabi ekspertlari qatnashdi.
O‘zbekistonlik pedagoglar sog‘lig‘i sababli odatiy maktabga muntazam qatnasha olmaydigan bolalar uchun o‘quv jarayonini tashkil etish tajribasini o‘rgandi. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarni, jumladan, autizm spektri buzilishlari va xulq-atvor xususiyatlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarlarning muhim mavzularidan biri ta’lim jarayonini har bir bolaning ehtiyojlari va imkoniyatlariga moslashtirish bo‘ldi. Shuningdek, uzoq muddat davolangan o‘quvchilarni umumta’lim maktablariga qayta integratsiya qilish usullari muhokama qilindi. Bunda bolalarning individual sharoitlarini hisobga olish va ta’limni davom ettirish uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida o‘zbekistonlik mutaxassislar mamlakatning gospital pedagogikasi modelini taqdim etdi va Germaniyaning zamonaviy ta’lim amaliyotlari bilan tanishdi. Tajriba almashinuvi davolanish jarayonida va undan keyin alohida ko‘makka muhtoj bolalar bilan ishlash usullarini muhokama qilish imkonini berdi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Olingan tajriba O‘zbekiston va Germaniya mutaxassislari o‘rtasida gospital hamda inklyuziv ta’lim yo‘nalishlaridagi professional muloqotni davom ettirish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor