O‘zbekiston Prezidenti energetika sohasida kadrlar bo‘yicha qarorlar va yangi ustuvor yo‘nalishlarni e’lon qildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika majmuasining istiqboldagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazib, so‘nggi yillardagi islohotlar natijalarini sarhisob qildi, tarmoq boshqaruvidagi kamchiliklarni tanqid qildi hamda qator kadrlar bo‘yicha qarorlarni e’lon qildi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yilda energetika sohasiga 23 milliard AQSH dollari xorijiy investitsiyalar jalb etildi va hududlarda umumiy quvvati 9,5 GVt bo‘lgan yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar hamda gaz taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 30 trillion so‘m yo‘naltirilgani, bu avvalgi 25 yildagi investitsiyalardan olti baravar ko‘p ekani qayd etildi.
Prezident energetika tizimining asosiy muammosi moliyalashtirish emas, balki boshqaruv sifati ekanini ta’kidladi. Unga ko‘ra, joriy yilning iyun–iyul oylarida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lgan va ayrim hududlarda aholi hamda tadbirkorlar 8–10 soatgacha elektr ta’minotisiz qolgan.
Yig‘ilishda elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 17,2 foizni tashkil etayotgani, yilning dastlabki olti oyida 4,8 milliard kVt·soat elektr energiyasi yo‘qotilgani ma’lum qilindi. Ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich 25 foizdan yuqori. Shuningdek, 300 mingdan ortiq gaz va 234 ming elektr hisoblagichi AСКUG va AСКUE tizimlariga ulangan bo‘lsa-da, ma’lumot uzatmayotgani bildirildi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyatida qurilishi rejalashtirilgan bug‘-gaz elektr stansiyasi loyihasi ham muhokama qilinib, stansiyani gaz bilan ta’minlash 300 million AQSH dollari qo‘shimcha xarajat talab qilishi qayd etildi. Shu munosabat bilan shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Yakunida energetika vaziri va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbari lavozimidan ozod etildi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «O‘ztransgaz» AJ hamda «Hududgazta’minot» AJ rahbarlariga yil oxirigacha sinov muddati belgilandi. Prezident yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning yangi rahbari Sardor Isakulov va Energetika inspeksiyasi rahbari Ahad Isokjonov oldiga tarmoq boshqaruviga yangi yondashuvlarni joriy etish vazifasini qo‘ydi.

Powered by Froala Editor