Eron qo‘shni davlatlarga zarba bermaslikka va’da berdi

Dunyo

Eron qo‘shni Yaqin Sharq davlatlariga zarba bermasligini ma’lum qildi, agar ularning hududidan Tehronga qarshi hujumlar amalga oshirilmasa. Bu qaror mintaqadagi mojaroning keskinlashuvi fonida qabul qilingan.

Eron qo‘shni davlatlarga zarba bermaslikka va’da berdi
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning aytishicha, Eronning vaqtinchalik rahbarlik kengashi qo‘shni davlatlarga zarba bermaslik haqida qaror qabul qilgan, biroq bu davlatlar hududi Tehronga qarshi hujumlar uchun ishlatilmasligi shart.

Prezidentga ko‘ra, mazkur qaror Yaqin Sharqda mojaroning yanada kengayib ketishini oldini olish va mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan.

Bayonot Eron va Isroil o‘rtasida davom etayotgan zarbalar almashuvi hamda AQShning mintaqadagi harbiy ishtiroki fonida yangradi.

Avvalroq Fors ko‘rfazi davlatlarining ayrimlari mojaroning kengayib ketishidan xavotir bildirib, tomonlarni vazminlikka chaqirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing