Toshkent Qozog‘iston delegatsiyasini qabul qilmoqda

Siyosat

Qozog‘iston delegatsiyasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Muzokaralarda strategik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Toshkent Qozog‘iston delegatsiyasini qabul qilmoqda
Qozog‘iston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Delegatsiyaga tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev boshchilik qilmoqda.

Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari va uni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqadi.

Muzokaralar ikki tomonlama aloqalarga qo‘shimcha turtki berishi kutilmoqda.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing