JCH–2026 Ispaniya zafari va rekordlar bilan yakunlandi

Sport

2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati Ispaniya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda Argentina ustidan 1:0 hisobida qozonilgan g‘alaba nafaqat chempionni aniqladi, balki rekordlar va yorqin individual natijalarga boy turnirga yakun yasadi.

JCH–2026 Ispaniya zafari va rekordlar bilan yakunlandi
Finaldagi yagona gol 106-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Ferran Torres tomonidan kiritildi. U Niko Uilyamsning uzatmasidan unumli foydalandi va Ispaniyaga tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini olib keldi. Luis de la Fuente shogirdlari finalda Argentinaga darvoza tomon birorta ham aniq zarba berishga imkon bermadi. Turnir davomida atigi bitta gol o‘tkazgan Unai Simon eng yaxshi darvozabon deb topildi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Angliya Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Bukayo Saka xet-trik muallifiga aylandi. Mag‘lubiyatga qaramay, Kilian Mbappe ikkita gol urib, musobaqani 10 gol bilan yakunladi va eng yaxshi to‘purar sovrinini qo‘lga kiritdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, Ispaniya sardori Rodri eng yaxshi futbolchi, Pau Kubarsi esa eng yaxshi yosh futbolchi deb e’tirof etildi. Fransiyalik Maykl Olise yettita golli uzatma bilan jahon chempionatlari tarixidagi yangi rekordni o‘rnatdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing