Jizzaxda “BMB-NRC Agrologistics” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi ishga tushdi
Maxsus loyiha
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida barpo etilgan “BMB-NRC Agrologistics” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining birinchi bosqichi ishga tushirildi.
"BMB-NRC Agrologistics" o‘ziga xos noyob kompleks sifatida O‘zbekiston mintaqalarida yetishtirilgan turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash, bojxona, bank va sanitar hujjatlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish, transport, logistika xizmatlarini ko‘rsatish kabi amaliyotlar joriy etilgan.
Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, eksportyorlar shu yerning o‘zida doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan “Rosselxoznadzor”ning akkreditatsiyalangan laboratoriyasi sertifikatlari bilan Rossiya va boshqa mamlakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksportni yo‘lga qo‘yishlari mumkin.
Bugun, 28-noyabr ramziy kapsulani qo‘yish marosimi ham o‘tkazildi. Marosim qo‘shma korxonaning yaqin vaqt ichida boshlanishi rejalashtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini sublimatsion tarzda quritish va shok usulida muzlatishni nazarda tutuvchi navbatdagi bosqichlar qurilishi poydevoriga muqaddima bo’ldi. Mazkur bosqichlarning qiymati 225,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun: zamonaviy majmuaning umumiy loyiha qiymati 709,71 mlrd so‘m bo‘lib, kompleks qurilishi uch bosqichli modul ko‘rinishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, bu yerda 10 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan muzlatkichli kameralar va omborlar mavjud bo‘lib, loyiha to‘liq ishga tushirilgach 810,0 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkonini beradi. Kompleksda qad ko‘targan dastlabki modulda esa yiliga 270 ming tonnagacha mahsulotlarni qabul qilish imkoni yaratilgan. Hozirning o‘zidayoq 180 nafar doimiy, 400 nafardan ziyod mavsumiy ish o‘rinlari yaratilmoqda. Majmua to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1 410 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Powered by Froala Editor