Jizzaxda "yerfurush"lar qo'lga olindi

O'zbekiston

Jizzax viloyati Baxmal tumanida huquq tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy yerni o‘zlashtirish bo‘yicha jinoyat aniqlandi. Baxmal tumani fuqarosi “М.S.B” hokimlik tasarrufida bo‘lgan “Mo‘g‘ol” QFY hududidagi 40 sotix yer maydonini o‘z manfaatlarida noqonuniy tartibda o‘zlashtirib olib, uni fuqaro “М.А.B”gа 205 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqida Jizzax IIB xabar berdi.

Jizzaxda "yerfurush"lar qo'lga olindi
Jizzax viloyat ichki ishlar organlari mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib borishmoqda. Tekshiruv davomida yerning noqonuniy ravishda o‘zlashtirilishi va uni sotishga urinish bilan bog‘liq barcha ishlar to‘liq ko'rib chiqilyapti.

Huquq tartibot idoralari ushbu jinoyatni fosh qilish va bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tizimli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Tekshiruv va tergov ishlari davom etmoqda va natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi xabarda keltirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing