JSST rahbari: DRCdagi Ebola epidemiyasi butun mintaqaga tahdid solmoqda

Dunyo

Demokratik Kongo Respublikasida (DRC) Ebola epidemiyasi tez sur’atlarda tarqalishda davom etmoqda va nafaqat mamlakat, balki uning qo‘shnilari hamda butun mintaqa uchun xavf tug‘dirmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi.

JSST rahbari: DRCdagi Ebola epidemiyasi butun mintaqaga tahdid solmoqda
«Har bir yuqish zanjiri aniqlanib, uzilmaguncha, epidemiya davom etadi va DRC, uning qo‘shnilari hamda butun mintaqa uchun xavf tug‘dirishda davom etadi», — dedi u Jenevada jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda.

Gebreyesus ushbu epidemiya tarixdagi eng tez rivojlanayotgan va ko‘lami jihatidan ikkinchi eng yirik epidemiya bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, u xavfsiz dafn marosimlarining yo‘qligi virus tarqalishiga yordam berayotganini qayd etdi.

Epidemiya 15 may kuni DRC va Ugandada boshlangan va Afrikada ushbu kasallik kuzatuvlari tarixidagi o‘lim darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqqan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ebola oqibatida vafot etganlar soni 2,9 ming kishidan, tasdiqlangan holatlar esa 6 mingdan oshgan.

Hozirda Ebola Kongoning olti provinsiyasida qayd etilgan. Epidemiyaning markazi Ituri provinsiyasida joylashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing