Kamilla Raximova US Open turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi va unda dunyoning birinchi raketkasi bilan o‘ynaydi

Sport

O‘zbekiston vakili Kamilla Raximova AQSh Ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi. U ikkinchi bosqichda ispaniyalik Oksana Selexmetyeva ustidan ikki setda ishonchli g‘alaba qozondi va endi dunyoning birinchi raketkasi — Belarus vakili Aryna Sabalenka bilan kortga chiqadi.

Kamilla Raximova US Open turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi va unda dunyoning birinchi raketkasi bilan o‘ynaydi
Jahon reytingida 92-o‘rinda borayotgan Raximova ikkinchi bosqichda 93-o‘rindagi Selexmetyevani 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 5 daqiqa davom etdi.

Uchinchi bosqichga chiqish Raximovaga 130 reyting ochkosi va 290 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini kafolatladi. WTA’ning 2026 yilgi US Open uchun rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, aynan shu summa 1/16 finalga chiqqan tennischiga beriladi.

Keyingi bosqichda Raximova Sabalenkaga qarshi kortga chiqadi. Birinchi raqam ostida saralangan belaruslik tennischi ikkinchi bosqichda rossiyalik Polina Iatchenkoni 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib, uchinchi bosqichga yo‘l oldi. Sabalenka US Openning amaldagi ikki karra chempioni hisoblanadi.

Raximova va Sabalenka o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuv ularning o‘zaro uchinchi bahsi bo‘ladi. Avvalgi ikki uchrashuvda ham belaruslik tennischi g‘alaba qozongan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing