Kim Chen In sentyabrda Putinning yoniga kelishni rejalashtirmoqda — NYT

Dunyo

The New York Timesʼning yozishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan oy o‘rtalarida Vladivostokda uchrashishi mumkin.

Kim Chen In sentyabrda Putinning yoniga kelishni rejalashtirmoqda — NYT
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Raisi Kim Chen In sentyabr oyida Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri ma’lum qildi.

Gazetaning yozishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan oy o‘rtalarida Vladivostokda uchrashishi mumkin. Kreml hozircha bu uchrashuv haqida ma'lumot bermagan.

Nashr manbalari Kim Chen In Moskva va “Vostochniy” kosmodromiga tashrif buyurishi mumkinligini ham da’vo qilmoqda.

Maʼlumot uchun, Putin va Kim Chen In 2019-yil aprel oyida Vladivostokda uchrashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing