KIR AQSh va Isroil pozitsiyalariga dron zarbalarini namoyish etdi

Dunyo

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KIR) AQSh va Isroil pozitsiyalariga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida zarbalar berilganini ko‘rsatuvchi kadrlarni e’lon qildi.

KIR AQSh va Isroil pozitsiyalariga dron zarbalarini namoyish etdi
Eron rasmiylari Bahrayn, Qatar va Dubaydagi Amerika harbiy bazalariga yangi hujumlar boshlanganini ma’lum qildi. Tel-Aviv ham nishonga olingan.

Isroil esa Livandagi “Hizbulloh” pozitsiyalariga zarba berdi va Livan hududida keng ko‘lamli hujum operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.

Tomonlar o‘rtasidagi harbiy almashinuv Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida davom etmoqda. Xalqaro hamjamiyat mojaroning kengayib ketish xavfidan xavotir bildirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing