Koreya Respublikasi Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Siyosat

14-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Koreya Respublikasi Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi.

Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing