Kreml Rojdestvo sulhi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamadi

Dunyo

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina tomonidan ilgari surilgan Rojdestvo sulhini e’lon qilish taklifiga izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, Moskva bunday tashabbusni hozirgi sharoitda maqbul deb hisoblamaydi.

Kreml Rojdestvo sulhi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamadi
Peskovga ko‘ra, asosiy masala — uzoq muddatli va barqaror tinchlik bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati mavjud yoki yo‘qligidadir. Agar Kiyev real muzokaralar o‘rniga “bir zumlik va hayotga yaroqsiz qarorlar”ni ilgari sursa, Moskva buni qo‘llab-quvvatlashga tayyor emas.

U Rossiya Ukrainaga urushni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun tanaffus berishni istamasligini aytdi. “Biz tinchlikni xohlaymiz”, — dedi Kreml vakili.

Peskov, shuningdek, Rossiya mojaroni to‘xtatish, maxsus harbiy operatsiya doirasidagi maqsadlariga erishish va Yevropada uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlashga intilayotganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing