Kreml "Tramp tahdidlari audiosi"ning haqiqiyligiga shubha bildirdi
Dunyo
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Donald Tramp go‘yoki Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilgan audioyozuvga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yozuv soxta bo‘lishi mumkin - haqiqiyligi jiddiy shubha uyg‘otadi.
Kuni kecha CNN telekanali AQSH prezidenti Donald Trampning Vladimir Putin bilan gipotetik suhbati haqidagi audioni namoyish etdi. Yozuvda u go‘yoki Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Moskvani bombardimon qilishga va’da berganini aytadi.
Peskovning ta’kidlashicha, audio tegishli bo‘lgan davrda Putin va Tramp o‘rtasida hech qanday telefon suhbati bo‘lmagan, demak, yozuvning ishonchliligi juda shubhali.
"Bu feykmi - bilmaymiz. Hozir haqiqiy ma’lumotlardan ko‘ra feyklar ko‘proq," - dedi Kreml vakili.
"Gap, tushunishimcha, Tramp hali AQSH prezidenti bo‘lmagan davr haqida ketmoqda. Shuning uchun bu yerda savollaringizni Oq uyga berishingizni tavsiya qilaman."
Avvalroq, 2024-yilda WSJ shunga o‘xshash tahdidlar haqida xabarlar e’lon qilgan edi, biroq o‘shanda Putin bunday holatni eslay olmasligini aytgan edi.

Powered by Froala Editor