KXDR yetakchisi Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Dunyo

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 110 kishining hayotiga zomin bo‘lgan qator zilzilalar munosabati bilan Yaponiya bosh vaziri va aholisiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

KXDR yetakchisi Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi
“Afsuski, yil boshida Yaponiyada koʻplab qurbonlar va jiddiy moddiy talofatlarga olib kelgan zilzila sodir boʻlgani haqidagi xabarni olganimdan soʻng, sizga va siz orqali halok boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildiraman", deya telegramma matnidan iqtibos keltiradi agentlik.

Kim Chen In, shuningdek, tabiiy ofat oqibatlarini tezroq bartaraf etish va normal hayotga qaytishni tilagan.

Yaponiyadagi zilzila oqibatida 110 kishi halok bo‘ldi, 500 dan ortiq kishi jarohatlandi, o‘n minglab odamlar boshpanasiz, suv va elektr energiyasiz qoldi. Mahalliy hokimiyat organlari taqdiri noma'lum bo'lgan odamlarning xavfsizligini aniqlashda davom etmoqda. 365 dan ortiq uy toʻliq yoki qisman vayron boʻlgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing