Kyurasao tarix yaratdi — Jahon chempionatiga chiqqan eng kam aholili davlat

Sport

Kyurasao termasi ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma olib, futbol tarixida bu bosqichga chiqqan eng kam aholiga ega davlatga aylandi. Shu tariqa ular Islandiya rekordini yangiladi.

Kyurasao tarix yaratdi — Jahon chempionatiga chiqqan eng kam aholili davlat
Kyurasao terma jamoasi tarixiy muvaffaqiyatga erishdi — atigi 156 ming aholiga ega orol davlati birinchi marta jahon chempionatiga yo‘l oldi va eng kichik ishtirokchi davlat sifatida rekord o‘rnatdi.

Bu yutuqda tajribali gollandiyalik murabbiy Dik Advokatning hissasi katta bo‘ldi. U 2024-yil yanvarida jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng terma barqaror o‘yin ko‘rsatib, saralash bosqichini muvaffaqiyatli o‘tdi.

FIFA Jahon chempionati-2026 uchun KONKAKAF saralashining oltinchi bosqichida Yamayka bilan o‘yin hal qiluvchi bo‘ldi. U 18–19 noyabrga o‘tar kechasi Kingston shahridagi “Park Independence” stadionida o‘tkazildi va 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ushbu natija Kyurasao terma jamoasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga chiqish imkonini berdi.

Bu orol davlati uchun mislsiz yutuq bo‘lib, Kyurasao futbol tarixidagi eng muhim sahifalardan biri sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing