Laziz Kudratov AQSHning yirik kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashdi
Iqtisodiyot
Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda energetika, sogʻliqni saqlash, suv xoʻjaligi, elektronika, togʻ-kon sanoati va qishloq xoʻjaligi uchun yirik texnikalar ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov amaliy , tashrif bilan AQShda boʻlib turibdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif davomida Kudratov ushbu mamlakatning “Air Products”, “Exxon Mobil”, “Abbott”, “HP”, “Valmont Industries”, “General Electric”, “Caterpillar”, “US Inc”, “Silverleafe” va “John Deere” kabi bir qator yirik kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazgan.
Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda energetika, sogʻliqni saqlash, suv xoʻjaligi, elektronika, togʻ-kon sanoati va qishloq xoʻjaligi uchun yirik texnikalar ishlab chiqarish, geologik-qidiruv ishlarini olib borish va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.

Powered by Froala Editor